Biz haqimizda

«Yodgor Foundation» – bu Mirshod Shakirov tomonidan uning marhum akasi Yodgor xotirasiga asos solingan xayriya tashkiloti. Fond 2015-yil 30-dekabrda Londonda (Buyuk Britaniya) tashkil etilgan.

Mirshod Shakirov shaxsiy fojiasi va boshqalarga yordam berish istagidan ilhomlanib, bemorlarga yordam, g‘amxo‘rlik va sog‘ayish umidini taqdim etadigan platforma yaratishga o‘z hayotini bag‘ishladi.

Fondning asosiy homiysi – Mirshod Shakirovga tegishli bo‘lgan kompaniyalar bo‘lib, ular «MS Holdings» umumiy brendi ostida faoliyat yuritadi. Ushbu xolding tarkibiga quyidagi loyihalar va kompaniyalar kiradi: Miorex (AQSH), Go Dinamic (AQSH), Miora Group (AQSH), Kingday (Xitoy), Miora Trade House (Qozog‘iston), Go British (Buyuk Britaniya) va Business Diplomat (AQSH).

Bugungi kunda Mirshod Shakirov rahbarligida «Yodgor Foundation» og‘ir kasalliklarga duch kelgan insonlarga moliyaviy va ma’naviy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘larni jalb qilish ustida faol ish olib bormoqda. Fond nafaqat insonlar hayotini saqlab qolish, balki qiyin vaziyatlarda bir-biriga yordam berishga tayyor bo‘lgan insonlar jamiyatini yaratishga intiladi.

Mirshod Shakirov va uning jamoasi har bir inson hayotda ikkinchi imkoniyatga loyiq deb hisoblaydi. Shu sababli, «Yodgor Foundation» g‘amxo‘rlik va o‘zaro yordam g‘oyalarini amalga oshirishda o‘sib, rivojlanishda davom etmoqda.

Maqsadimiz

Ushbu fond 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak bemorlarga, ayniqsa onkogematologik kasalliklardan aziyat chekayotganlarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

Bizning vazifalarimiz

  • Saraton va gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun mablag’larni to’plash;
  • Yosh kattalar davolanadigan onkologiya va gematologiya klinikalariga yordam berish;
  • Bemorlarning muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish;
  • Bepul qon donorligini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Bemorlarga ijtimoiy va psixologik yordam ko’rsatish.

 Fond loyihalari

  • Chet elda davolanish
  • Palliativ va psixologik yordam 
  • Reabilitatsiya
  • Suyak iligi transplantatsiyasi
  • Bemorlarga maqsadli yordam
  • Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi

 Xayriya qiling

“Bepul donorlik” – bu xavfsiz va samarali komponentlar va qon mahsulotlarining zarur hajmini ta’minlash uchun bepul donorlarni jalb qilish, shuningdek, qon va uning tarkibiy qismlarining bepul donorligini qo’llab-quvvatlash va ommalashtirishda yordam berishdir.

BIZNES DIPLOMAT xalqaro loyihasining har bir ishtirokchisi nafaqat qimmatli ko‘nikma va tajribaga ega bo‘ladi, balki ezgu ishga hissa qo‘shadi. Loyihada ishtirok etish orqali siz YODGOR FOUNDATION xayriya fondi tarkibida leykemiyaga qarshi kurashayotgan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan erkaklarga yordam berasiz. Sizning yordamingiz birovning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Dasturlar

  • Bemorlarga maqsadli yordam
  • Qon va uning tarkibiy qismlarini bepul donorlik qilish
  • Chet elda davolanish
BATAFSIL O'RGANISH

Biz bilan bog’lanish

Agar sizda biron bir savol yoki taklif,
bo’lsa, iltimos, ushbu aloqa formasini to’ldirish orqali biz bilan bog’laning.